Qashqadaryoda Kadastr xodimlari tomonidan olib borilgan targ`ibot ishlari natijasida qariyb 80 gektar er maydonida amalga oshirilgan qonun buzilishi holati fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi. Bu haqda Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i Jasur Usmonov ma`lum qildi.
“Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo`limlari tomonidan yanvar-may oylari mobaynida er uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu er uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 1642 holatda 411,6 gektar er maydonida qonun buzarlik holatlari aniqlandi.
Er qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo`yicha o`tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida 79,4 gektardagi 472 ta holat fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilib, ermaydoni dastlabki holatiga keltirilgan.
Fuqarolik ishlari bo`yicha Sudlarga er uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallangan er maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish to`g`risida 788 ta (224,6 gektar) da`vo arizalari kiritildi”, - deydi Boshqarma boshlig`i.
Shahar, tumanlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko`p noqonuniy egallab olish holatlari Qarshi tumanida 146 ta holatda 21,3 gektar, Chiroqchi tumanida 133 ta holatda 37,9 gektar, Koson tumanida 130 ta holatda 10,5 gektarni gektarni tashkil qilgan.
Ma`lumot uchun, Qonunchilikka ko`ra, erlarni noqonuniy egallab olish ma`muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladi.