Yashnobod tumanida sodir bo`lgan yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi. Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma`lumot berdi.
Xabar berilishicha, 2024 yilning 7 iyun kuni soat 13:30 larda Yashnobod tumani Elbek ko`chasida haydovchi 1998 yilda tug`ilgan B.T. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo`qotib, yo`l chetidagi daraxtga to`qnashishi oqibatida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.
Haydovchi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.






