AsosiyJamiyat

Toshkentdagi favqulodda hodisa sabab ikkita tuman aholisi “svet”dan uzildi

'Toshkentdagi favqulodda hodisa sabab ikkita tuman aholisi “svet”dan uzildi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, Toshkentja IIV binosi yaqinida kuchli qora tutun tarqalgani aks etgan videolar tarqaldi.  FVV xabariga ko`ra, Yakkasaroy tumani, Afrosiyob va Sh.Rashidov ko`chalari kesishmasi oldida joylashgan er osti tunnelida elektr simlarini tutashi kuzatilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmatininn ma`lum qilishicha, 35/10/6 kVli “O`zbekiston” podstansiyasidan chiquvchi kabel tarmog`i shikastlangan.

Vujudga kelgan holat bartaraf etilgunga qadar iste`molchilar to`liq boshqa tarmoqqa o`tkazilgan bo`lib, ayni paytda Yakkasaroy tumanining "Konstitusiya" va "Yunus Rajabiy" mahallalari hamda  Mirobod tumanining “Abdulla Avloniy” va “At-Termiziy” mahallalaridagi aholi iste`molchilari elektr energiyasidan uzilgan.

Mazkur vaziyat sabablari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar