AsosiyJamiyat

Mutasaddilarga 1 mingta ijtimoiy ob`ektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi

'Mutasaddilarga 1 mingta ijtimoiy ob`ektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi'ning rasmi

Joriy yilda 580 ta maktab, 169 ta bog`chaning energiya samaradorligini oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident raisligida o`tkpzilayotgan yig`ilishda ma`lum qilindi.

Yangi ijtimoiy ob`ektlarni loyihalashtirishda energiya tejamkorlik bo`yicha qat`iy talab kiritish vazifasi qo`yildi.

Shuningdek, issiq oylarda ma`muriy va tijorat ob`ektlarini sovutishga qish bilan bir xil energiya sarflanayotgani ko`rsatib o`tildi. Shu munosabat bilan ma`muriy binolar, ko`p qavatli uylar, korxona, savdo va servis binolarida energiya samaradorligi bo`yicha texnik shartlarni ishlab chiqish topshirildi.  

Mutasaddilarga 1 mingta ijtimoiy ob`ektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi. Jumladan, 251 ta shifoxona, 292 ta bog`cha, 393 ta maktab va internat ta`mirlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar