AsosiyJamiyat

O`zbekistonda xalqaro ekologik oromgoh ish boshladi

'O`zbekistonda xalqaro ekologik oromgoh ish boshladi'ning rasmi

Joriy yilda Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari — O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmaniston ekologiya faollari safiga Ozarbayjon, Vengriya va Turkiyadan kelgan ishtirokchilar qo`shildi.

Tashkilotchilar — "Zamin" xalqaro jamoat fondi, Ekovazirlik, UNICEF, BMTning Taraqqiyot dasturi hamda Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO).

Tadbirdan ko`zlangan maqsad iqlim o`zgarishiga qarshi kurashda yoshlarning rolini yoritish, yosh ekologik faollarga o`z taklif va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyatini berish, mazkur hududlarda yoshlar ekologik harakatining integrasiyalashuviga ko`maklashishdan iborat.

    Boshqa yangiliklar