AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Mo`g`uliston Prezidentlari texnoparkka tashrif buyurdilar

'O`zbekiston va Mo`g`uliston Prezidentlari texnoparkka tashrif buyurdilar'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Mo`g`uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux birgalikda Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdilar.

Ushbu zamonaviy innovasion majmua davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sanoat kooperasiyasini rivojlantirish va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida barpo etilgan.

Bugungi kunda bu erda 365 million dollardan ortiq to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar evaziga 16 ta ishlab chiqarish maydoni joylashgan.

Mo`g`uliston Prezidentiga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar, shu jumladan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, liftlar, suv nasoslari, sanoat kondisionerlari, sovutish uskunalari va boshqalar namoyish etildi.

Ta`kidlash joizki, etakchi xorijiy brendlar ostida va ular nazoratida ishlab chiqarilayotgan bu tovarlar ichki va tashqi bozorlarda katta talabga ega.

Prezidentlar ikki mamlakat etakchi korxonalari o`rtasida kooperasiyani kengaytirish va ilg`or texnologiyalarni joriy etish tajribasi bilan o`zaro almashish muhimligini ta`kidladilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar