AsosiyDunyo

Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish muddatini aytdi

'Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish muddatini aytdi'ning rasmi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Filadelfiyada bo`lib o`tgan mitingda agar saylovda g`alaba qozonsa, inaugurasiyadan oldin ham Ukrainadagi mojaroga chek qo`yishini aytdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

“Prezidentlik saylovlarida g`alaba qozonishimdan oldin ham, men Rossiya va Ukraina o`rtasidagi bu dahshatli mojaroga chek qo`yaman”, deb va`da berdi siyosatchi.

Eslatib o`tamiz, Tramp bundan oldin ham saylovda g`alaba qozonsa, Rossiya va Ukraina o`rtasidagi ziddiyatni atigi 24 soat ichida hal qila olishini bir necha bor aytgandi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu so`zlarni izohlar ekan, muammo bunday oddiy echim uchun juda murakkab ekanligini ta`kidlagan.

    Boshqa yangiliklar