AsosiySiyosat

Mo`g`uliston Prezidenti Xorazm viloyatiga jo`nab ketdi

'Mo`g`uliston Prezidenti Xorazm viloyatiga jo`nab ketdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo`lib turgan Mo`g`uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 25 iyun kuni Xorazm viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda O`zA xabar qildi.

Toshkent xalqaro aeroportida Mo`g`uliston rahbari va uning rafiqasini O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Jamshid Xo`jaev va boshqa rasmiylar kuzatib qo`ydi.

Tashrif dasturiga ko`ra, oliy martabali mehmon Xiva shahridagi tarixiy obidalar, xalqimizning boy madaniy merosi bilan tanishadi.

    Boshqa yangiliklar