AsosiyDunyo

Avstraliyalik erkak avtohalokatdan so`ng xitoycha gapira boshladi

'Avstraliyalik erkak avtohalokatdan so`ng xitoycha gapira boshladi'ning rasmi

Hamshiraning so`zlariga ko`ra, bemor o`ziga kelgach, unga xitoy tilida murojaat qilib, ota-onasiga xabar yozish uchun qog`oz va qalam so`ragan. Bu haqda zamon.uz xabar  berdi.

Ushbu kutilmagan voqea yigit uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi: u u xitoy tilida gastrol safarlarini uyushtira boshladi va o`zining teledasturini yo`lga qo`ydi. U hozir Shanxayda yashaydi va iqtisodiyot sohasida o`qiydi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Ben 2014 yilda baxtsiz hodisaga uchragan. Uning mashinasini svetoforning qizil chirog`ida yuk mashinasi urib yuborgan. Hodisa oqibatida haydovchining o`nga yaqin suyagi singan va miyasi chayqalgan.

Kvinslend instituti nevrologi bu holat miyaning nutq uchun javobgar bo`lgan qismining shikastlanishi tufayli sodir bo`lganini taxmin qilmoqda. Bu hodisa ksenoglossiy deb ataladi va o`zgargan ong davrida o`zini namoyon qiladi, bu esa komani o`z ichiga oladi.

Shunga o`xshash holatlar avval ham sodir bo`lgan: 2010 yilda xorvatiyalik qiz to`satdan nemis tilida gapirgan.

    Boshqa yangiliklar