AsosiyJamiyat

Toshkentda "Spark" skuter haydovchisini ataylab urib yubordi (video)

'Toshkentda "Spark" skuter haydovchisini ataylab urib yubordi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Spark haydovchisi skuter haydovchisini quvib, bir necha yo`l harakati qoidalarini qo`pol ravishda buzgani va uni ataylab urib yuborgani aks etgan video tarqaldi.

Ma`lum qilinishicha, holat Toshkent shahrining Amir Temur ko`chasida sodir bo`lgan. Avtobus yo`lagida turgan mashina (raqami 01 K 316 LC) chap tomonga qarab, barcha yo`laklar bo`ylab skuter orqasida quvib borgan, so`ngra qarama-qarshi yo`lga o`tib, uni quvib etgan va urib yuborgan. Oqibatda skuter haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yiqilgan.

34 yoshli Spark haydovchisi B.I. 24 yoshli B.A boshqaruvidagi skuter bilan to`qnashib ketgan. Skuter haydovchisi jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Haydovchiga nisbatan tergov boshlangan.

    Boshqa yangiliklar