Andijonda maishiy chiqindilardan elektr ishlab chiqariladi, deya xabar bermoqda viloyat hokimlik Matbuot xizmati.
Prezidentning "2018-2019 yillarda investisiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorida shu nazarda tutilgan.
Andijondagi bu loyiha Xitoying "Clean Water and Blue Sky" kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. U 250 million dollarlik to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalarni yo`naltirish rejalashtirilmoqda.
Ishlab chiqarish Andijon viloyatining Xo`jaobod tumanida 30 gektar er maydonlari joylashadi.
Andijon viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasi matbuot xizmati






