AsosiyJamiyat

Farg`onada “Lasetti" yonib ketdi (video)

'Farg`onada “Lasetti" yonib ketdi (video)'ning rasmi

Farg`onada “Lasetti”ning gazballoni portlab ketdi, bir necha kishi jarohatlangan. Holat yuzasidan viloyat FVB Matbuot xizmati xabar berdi.

2024 yilning 27 iyun kuni soat 11:40 larda Rishton tumani, Markaz MFY hududidagi dehqon bozori oldida turgan “Lasetti” rusumli avtomashina turgan joyida metan gaz baloni portlab ketgan.

 Portlash vaqtida avtomabil ichida xech kim bo`lmagan. 

Birlamchi ma`lumotga ko`ra, portlash natijasida avtomabil atrofidagi shaxslar turli darajada tan jaroxati olgan. 

Yong`in Rishton tumani FVB yong`inga qarshi kurash bo`limi xodimlari tomonidan o`chirilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar