1

Gulistonda “Sirdaryo suv ta`minoti”ning uch nafar xodimi zaharlandi

Jamiyat 27.06.2024, 17:13
Gulistonda “Sirdaryo suv ta`minoti”ning uch nafar xodimi zaharlandi

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi suv stansiyasida bir kishi gazdan zaharlanib vafot etdi, 2 kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda "O`zsuvta`minot" kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, holat shaharning "Bog`ishamol" MFY Guliston ko`chasida joylashgan 5-oqova suv haydash nasos stansiyasida sodir bo`lgan. U erda bo`lgan "Sirdaryo suv ta`minoti" kompaniyasining Guliston shahar filialidagi 3 nafar xodimida gazdan zaharlanish kuzatilgan va ahvoli og`irlashgan.

"Ulardan biri H.I. vafot etgan, qolgan ikki nafar xodim — Z.B. va X.A. viloyat kasalxonasi jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Shifokorlar ularning ahvoli o`ta og`irligini aytgan.

Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan o`rganish ishlari olib borilmoqda",– deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1