AsosiySiyosat

BMT Bosh kotibi O`zbekistonga keladi

'BMT Bosh kotibi O`zbekistonga keladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 30 iyun - 1 iyul kunlari rasmiy tashrif bilan O`zbekistonda bo`ladi.

Oliy martabali mehmonning tashrifi doirasida Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

Kun tartibidan O`zbekistonning BMT va uning institutlari bilan ko`p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari, shuningdek, global siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari o`rin olgan. Mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo`yicha chora-tadbirlarni qo`llab-quvvatlashga alohida e`tibor qaratiladi.

Tashrif davomida BMT Bosh kotibi qator sanoat va ijtimoiy soha ob`ektlarini ham borib ko`radi, ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar o`tkazadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar