1

Rossiyada o`zbekistonlik erkak 12 yoshli bolani o`ldirishga uringanlikda ayblandi

Dunyo 29.06.2024, 21:21
Rossiyada o`zbekistonlik erkak 12 yoshli bolani o`ldirishga uringanlikda ayblandi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 12 yoshli bolani o`ldirishga uringanlikda ayblangan O`zbekiston fuqarosi ushlandi. Bu haqda Sankt-Peterburg shahri Tergov bosh boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, holat joriy yilning 24 iyun kuni shaharning Krasnoselskiy tumanidagi sport maydonchasida sodir bo`lgan. Boshqarma xabariga ko`ra, 25 yoshli o`zbekistonlik 12 yoshli bolani bo`g`ib o`ldirmoqchi bo`lgan. Erkak hibsga olingan va unga nisbatan voyaga etmagan bolani o`ldirishga urinish bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

“Rossiyada ro`yxatdan o`tmagan 25 yoshli O`zbekiston fuqarosi 24 iyun kuni Dobrovolsev ko`chasidagi sport maydonchasida 12 yoshli bolaning tomog`idan bir necha bor ushlab, uni bo`g`ishga harakat qilgan va jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qo`lga olingan. Uchinchi shaxslarning aralashuvi tufayli u o`zining jinoiy rejasini tugatmagan”, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1