Yaqin kunlarda Eron va Afg`onistonning bir qancha hududlarida "do`zax" issiqligi kutilmoqda. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov xabar qildi.
Metejurnalga ko`ra, 1-2 iyul kunlari Eronning janubi-g`arbida deyarli +50°S ga yaqin haroratlar, 3-4 iyul kunlari Dashti Lutdagi harorat +49°S +54°ga etishi prognoz qilinmoqda. Afg`onistonning qo`shni Farah va Nimroz viloyatlarida ham harorat +45° +50°S ga etadi.
Joriy yoz — fors ko`rfazi mamlakatlarida, Eronning janubi va sharqida, Afg`oniston janubida, Pokiston va Hindistonda, hatto so`nggi o`n yillikning o`rtacha qiymatlari fonida ham g`ayritabiiy issiqlik intensivligi va davomiyligi bilan ajralib turmoqda.
Er yuzida qayd etilgan eng yuqori harorat +56,7°S ni tashkil qiladi (1913 yil O`lim vodiysida). Ko`rib turganingizdek, Eronning Dashti Lut cho`lida prognoz qilingan harorat sayyoramizdagi maksimal haroratning mutlaq rekordiga juda yaqin bo`ladi.