Rossiyada 29 iyun kuni daryo bo`yida dam olayotgan ikki nafar O`zbekiston fuqarosi cho`kib ketdi.
Voqea Chunskiy tumanidagi Oktyabrskiy qishlog`ida sodir bo`lgan. Voqea guvohlarining so`zlariga ko`ra, yoshlar qirg`oqda vatandoshlari davrasida hordiq chiqargan va cho`milishga ketgan. Keyinroq ulardan biri cho`kib keta boshlaganida, ikkinchisi uni qutqarishga uringan, biroq ikkisi ham suv ostida qolgan.
Halok bo`lgan O`zbekiston fuqarolarining jasadlari haligacha topilmagan. Kichik qayiqlar bo`yicha davlat inspeksiyasi viloyat boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, erkaklar cho`kib ketgan joyda daryoning chuqurligi 5,7 metrni tashkil etadi va suzish taqiqlanadi. Bu haqda qirg`oqda tegishli belgi o`rnatilgan.
21 va 22 yoshli yigitlar mahalliy korxonalardan birida qonuniy ishlagan.