1

“Farg`ona xavfli hudud“ deya vayn olganlar uzr so`rab chiqdi (video)

Jamiyat 03.07.2024, 09:17
“Farg`ona xavfli hudud“ deya vayn olganlar uzr so`rab chiqdi (video)

Farg`onada “Osmonda qora bulut, Farg`ona xavfli hudud” deya video olganlar uzr so`radi. Bu haqda viloyat IIB xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, 1994 yilda Quva tumanida tug`ilgan Farg`ona shahar Shifokorlar ko`chasida yashovchi erkak o`zining Instagram sahifasida “Shoqollar” sarlavhasi ostida zo`ravonlikni targ`ib qiluvchi videolar joylashtirgan.

Videolarning birida “Osmonda qora bulut, Farg`ona xavfli hudud”, degan jumla ishlatilgan. 

Ushbu shaxsga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 189-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Bilmasdan xato ish qilib qo`ydik. Chin dilimizdan pushaymonmiz. Har bir gaplaringizni o`ylab, fikrlab, maslahatlashib video olinglar, iltimos. Biz qilgan ishimizdan afsusdamiz. Kechiringlar, xato qildik”, — deydi u.

Bundan tashqari, u bilan videoda birga tushgan qiz va yigitlar ham ommadan uzr so`rab, pushaymonligini bildirgan.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1