AsosiyJamiyat

Toshkentning Yunusobod tumanini suv bosdi

'Toshkentning Yunusobod tumanini suv bosdi'ning rasmi

Yunusobod tumani, Moyqo`rg`on ko`chasi va Qoraqamish ko`chalari kesishmasida d1200mm  katta suv o`tkazgich tarmoqda nosozlik vujudga keldi. Ayni paytda tumanning ko`plab hududlarida suv toshqini yuzaga kelgan.

Toshshahar suv ta`minot AJga ko`ra, hodisa sababli, Tiklanish mahallasi 1,2,3,4,5,6, tor kochalari, G`ishtqo`rg`on kochalari, Astrabod mahallasi, Turkiston, Sobirobod mahallalarida, Zenit zavodi, Prokuratura akademiyasi, Pivo zavodida suv ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Shu bilan birga ushbu hududda joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda ham suv bo`lmaydi.

Tezkor avariya jamoalari nosozlikni bartaraf etish choralarini ko`rishmoqda.

Suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv etkaziladi.

 

    Boshqa yangiliklar