1

Toshkentda fuqarolar chiqindi ortidan janjallashdi (video)

Jamiyat 03.07.2024, 22:38
Toshkentda fuqarolar chiqindi ortidan janjallashdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda fuqarolarning o`zaro janjallashgani aks etgan video tarqaldi. 

IIBB matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, holat 2 iyul kuni Ohangaron tumani Yangihayot mahallasi "Veterok" dala hovlilari hududida sodir bo`lgan.

1968 yilda tug`ilgan fuqaro S.R. ko`chaga chiqindi tashlagan vaqtida qo`shnisi 1996 yilda tug`ilgan I.N. bunga e`tiroz bildirgan va oralarida janjal kelib chiqqan.

Fuqarolar keyinchalik o`zaro yarashib olishgani va voqea yuzasidan IIBga murojaat qilishmagan.

Hozirda Ohangaron tumani IIB tomonidan holat nazoratga olinib, qo`shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1