AsosiyJamiyat

O`tgan oy O`zbekistondagi eng issiq iyun beshligiga kirdi

'O`tgan oy O`zbekistondagi eng issiq iyun beshligiga kirdi'ning rasmi

“O`zgidromet” 2024 yilning iyun oyi O`zbekistonda qanday bo`lgani haqida ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, XXI asrdagi ko`pgina iyun oylari kabi, bu yilning iyun oyi ham issiq bo`ldi. O`rtacha oylik harorat me`yordan 1-2,5 darajaga ko`p bo`ldi. O`zbekiston hududining katta qismida 2024 yil iyun oyi barcha kuzatuv yillari uchun eng issiq iyun oylari beshligiga kirdi.

Toshkentda o`tgan iyun oyi 2021 va 2023 yillarning iyun oylaridan so`ng uchinchi o`rinni egalladi, ular me`yordan 2,8-3,2 darajaga issiqroq bo`ldi. Oy davomida harorat foni deyarli tekis bo`lishi qayd etildi. O`zbekiston hududining katta qismida iyun oyida maksimal harorat asosan 32-37 daraja, janubda va cho`l hududlarda 36-41 daraja atrofida bo`ldi.

Eng issiq ob-havo 27—28 iyun kunlari kuzatildi. Ushbu kunlarda harorat 39-41 darajagacha, janubda va cho`l hududlarda 42-43 darajagacha ko`tarildi. Bu iyun oyi uchun eng yuqori harorat qiymatlari emas. Iyun oyidagi maksimal havo harorati rekordlari 42-44 darajani, janubda va cho`l hududlarda 45-47 darajani tashkil etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar