O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasiga start berilgandan so‘ng, barcha siyosiy partiyalar saylovda faol ishtirok etishi yuzasidan rasmiy chiqishlar qilmoqda.
Dastlab O‘zLiDeP, keyin “Milliy tiklanish” va “Adolat” SDP saylovda qatnashishini e’lon qildi.
Bugun, 27 iyul kuni Xalq demokratik partiyasi ham saylovda faol ishtirok etish istagini bildirdi.
"Muhim siyosiy jarayonda ishtirok etish partiyamiz uchun keng imkoniyat va albatta katta mas’uliyatdir. Saylov jamiyatimizdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha yangi taklif-tashabbuslarni ilgari surish, xalqimiz xohish-irodasini bilish, ko‘proq deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritishga sharoit yaratadi.
Saylovda g‘alaba qozonish, parlamentda ko‘proq o‘ringa ega bo‘lish, mahalliy Kengashlardagi deputatlarning ustunligiga erishish uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni ishga solishni rejalashtirganmiz", - deyiladi partiya bayonotida.
27.07.2024 11:00
XDP saylovda ishtirok etishini e’lon qildi
Boshqa yangiliklar
Siyosat 25.10.2024 21:25
Qo‘ng‘irot – Beyneu avtomobil yo‘lining yangidan qurilgan 240 kilometr qismi foydalanishga topshirildi
Prezident ikki yirik loyihani ishga tushirishda ishtirok etdi.
Siyosat 25.10.2024 09:20
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatildi
Prezident Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etildi.
Siyosat 24.10.2024 09:22
O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
Oybek Shaxavdinov bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi ham hisoblanadi.
Siyosat 24.10.2024 08:51
Qozonda BRIKS sammiti ishtirokchilarini qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston Prezidenti "BRIKS plyus" formatidagi sammitning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.
Siyosat 24.10.2024 08:13
O‘zbekiston Prezidenti Tataristonning "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi
Yuksak mukofotni Shavkat Mirziyoyevga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov tantanali ravishda topshirdi.
Siyosat 23.10.2024 21:31
Shavkat Mirziyoyev Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi
Hamkorlik bo‘yicha aniq loyihalarini tayyorlash uchun qo‘shma ekspertlar guruhini tuzishga kelishib olindi.