AsosiySport

"Ta’tilga chiqmoqchiman. 3,5 yildan beri dam olish nima ekanligini bilmadim"

Bugun O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

'"Ta’tilga chiqmoqchiman. 3,5 yildan beri dam olish nima ekanligini bilmadim"'ning rasmi

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Parij sari bosib o‘tgan yo‘li, tayyorgarlik va Olimpiadadagi ishtirok haqida so‘z bordi. 

— 3,5 yil oldin rahbariyat oldimizga yuqori maqsadni qo‘ydi. Bu davr mobaynida katta yo‘lni bosib o‘tdik. Ko‘plab yoshlarga futbolda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilindi, "Olimpik" jamoasidan terma jamoaga chaqiruvlar olishdi. Bu jamoa ilk mavsumdanoq nimalarga qodirligini ko‘rsata oldi. Pro ligadan Superligaga yo‘l ola bildik va shu davrga qadar stabil o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Umuman olganda, 4 ta yirik musobaqada ishtirok etdik. Muxlislarimizni ishonchini oqlashga harakat qildik. Xudoga shukur, yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Eng asosiy vazifa — Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Qolgan turnirlarda ham munosib ishtirok eta oldik, deb o‘ylayman.

Bizni qo‘llab-quvvatlagan rahbariyatga, muxlislarimizga va barchangizga rahmat aytaman. Futbolimizni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida bor imkoniyatimizni ishga soldik. Endi bu tarix, dedi Timur Kapadze.

Tayyorgarlik va legionerlar haqida.

Timur Kapadze: Olimpiadaga keladigan bo‘lsak, Osiyo kubogidan keyin oldimizda ko‘p vaqt qolmagan edi. Avvalo Olimpiadaga yo‘l olishdagi yuk bilan biz 3,5 yil harakat qildik, buni quvonchi albatta bor edi.

Ko‘p legionerlarimizda chempionatlar tugagandi, kimdirlarda charchoq sezildi, ba’zilar jamoa almashtirdi. Balki oldimizda ko‘proq vaqt bo‘lganda boshqacha bo‘larmidi. Tayyorgarlikka kelsak, aytganimdek, vaqtimiz ko‘p emasdi. Tarkib shakllantirishda, o‘ziga yarasha, qiyinchiliklar bo‘ldi. Dukentda ham legionerlarsiz tayyorgarlik ko‘rishga to‘g‘ri keldi.

Yoshi katta futbolchilarimizning iqtidori, kuchini hammamiz yaxshi bilamiz. Futbolchilar bundan ko‘prog‘iga qodir edilar. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Ular uchun ham, biz uchun ham foydali bo‘ldi. Bu jamoaviy o‘yin. Eng asosiysi — biz barcha uchrashuvda g‘alaba qozonsak bo‘lardi, qayerdadir omad yetishmadi. 

 Ispaniya bilan o‘yin haqida.

Timur Kapadze: Ispaniyaning oxirgi o‘yinlarini tahlil qildik. Albatta o‘ziga yarasha kamchiliklarimiz ham bo‘ldi. O‘yinga qo‘ygan strategiyamiz yaxshi ishladi, ayniqsa, birinchi bo‘limda ish berdi. Lekin ikkinchi bo‘limda Ispaniyaga imkoniyat berdik.

Ularga qarshi to‘g‘ri pressing qilib, imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Bu o‘yindan keyin jamoa bilan ularning va o‘zimizning o‘yinimizni tahlil qildik. Biz o‘sha kuni raqibdan kuchsiz emasdik, eng kamida durang qayd etishimiz mumkin edi. 

Umuman olganda, bundan ko‘prog‘ini kutgandik, biroq bizga omad yetishmadi. Eng muhimi biz katta tajribaga ega bo‘ldik.

 Misr bilan o‘yin va Jaloliddinov haqida.

 Timur Kapadze: Jasur o‘sha o‘yinda charchadi. Shu sababli almashtirdik. Birinchi o‘yinda ham ko‘p kuch yo‘qotdik. Raqib qarshi hujumlarda bizga muammo tug‘dirdi. Ular zich himoyalanishdi, lekin yetarlicha imkoniyatlarimiz bo‘ldi.

 Taqvim haqida.

Timur Kapadze: Ilk uchrashuv ko‘p narsaga oydinlik kiritadi. Birinchi o‘yinda yutsangiz, keyingi o‘yinlarda bosim bo‘lmaydi. Biroq taqvim bizga bog‘liq bo‘lmagan holat edi. Raqiblarimiz ham o‘ziga yarsha kuchli. Bu musobaqada kuchsiz jamoa yo‘q edi.

Bundan ko‘prog‘ini albatta amalga oshira olardik. O‘yinlarda yetarlicha vaziyat yaratdik. Qayerdadir bosim halaqit berdi.

Oldindagi rejalar haqida.

Timur Kapadze: Ta’tilga chiqmoqchiman. 3,5 yildan beri dam olish nima ekanligini bilmadim.

Bu vaqt davomida olimpiya jamoasi bilan 4 ta katta musobaqada ishtirok etdik. "Olimpik" bilan ham Superligada stabil ishtirok etib keldik.

U olganda, deyarli bo‘sh vaqtim bo‘lmadi. Lekin bundan nolimayman. 

Asosiy vazifani bajardik. Olimpiadada ishtirok etdik. Loyihadagi missiyam tugadi. Yil oxirigacha dam olmoqchiman. "Olimpik"ni yordamchi murabbiylar boshqarishadi.

"Olimpik"ning kelajagi nima bo‘lishini bilmayman. Buni rahbariyat hal qiladi. O‘zimga kelsak, ta’tildan so‘ng nima qilishimni o‘ylab ko‘raman".

Prezidentimizga, O‘FA rahbariyatiga, muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman. Sizlar bilan barcha yutuqlarga erishdik, sizlar bizga motivatsiya berdingiz, qiyin paytlarda qo‘llab-quvvatladingiz. 

Murabbiylar shtabiga, ishchilarga, barcha-barchaga rahmat aytaman, ularning ham natijalarda xissasi bor.

Hech bir futbolchiga e’tirozim yo‘q. Aytganimdek, biz bundan ko‘prog‘ida qodir edik.

Vatan jamoasini sevishda, qo‘llab-quvvatlashda charchamanglar. Futbolchilarimizni yaxshi kunida ham, qiyin kunida ham yonida bo‘laylik. Ular ham bu mas’uliyatni his qilishib maydonda boshqacha harakat qilishadi.

Barchangizga rahmat, sog‘ bo‘linglar.

 Oybek Shukurov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'O‘zbek shaxmatchilarining navbatdagi raqiblari aniq bo‘ldi'ning rasmi

Sport17.09.2024 09:06

'Orolbo‘yi sahrosidagi eko-marafon xalqaro jamoatchilik e’tiborini jalb qildi'ning rasmi

Sport16.09.2024 15:29

Orolbo‘yi sahrosidagi eko-marafon xalqaro jamoatchilik e’tiborini jalb qildi

Unda 11 davlatdan 250 nafar professional va havaskor yuguruvchi ishtirok etdi.

'Shaxmat olimpidasida o‘zbekistonlik yigitlar Moldovani mag‘lub qildi'ning rasmi

Sport16.09.2024 09:46

Shaxmat olimpidasida o‘zbekistonlik yigitlar Moldovani mag‘lub qildi

Bugun shaxmatchilarimiz Isroil va Niderlandiya terma jamoasi bilan bellashadi.

'"Paralimpiya o‘yinlari – bu chinakam iroda, jasorat va matonat, ezgulik va gumanizm namoyishi"'ning rasmi

Sport13.09.2024 16:47

"Paralimpiya o‘yinlari – bu chinakam iroda, jasorat va matonat, ezgulik va gumanizm namoyishi"

Prezident Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

'Shahmat olimpiadasi: o‘zbekistonliklar yana g‘alaba qozondi'ning rasmi

Sport13.09.2024 10:11

Shahmat olimpiadasi: o‘zbekistonliklar yana g‘alaba qozondi

3-turda chempionlarimiz Xorvatiya va Vengriyaga qarshi tosh surishadi

'O‘zbekistonlik shaxmatchilar olimpiadani g‘alaba bilan boshladi'ning rasmi

Sport12.09.2024 09:18

O‘zbekistonlik shaxmatchilar olimpiadani g‘alaba bilan boshladi

Bugun 2-turda chempionlar Misrga va Angola bilan bellashadi.