AsosiySport

"Inter" muddatidan oldin Italiya chempioni bo'ldi

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum Italiya chempionligini "Napoli" jamoasi qo'lga kiritgan edi.

'"Inter" muddatidan oldin Italiya chempioni bo'ldi'ning rasmi

Kecha, 3 may kuni Milannning “Intern” jamoasi Italiya A Seriyasi 35-tur doirasida Parmani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa milanliklar turnir yakuniga uch tur qolganida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. “Parma”ga qarshi uchrashuvda “Intern” Markus Tyuram va Genrix Mxitaryanning gollari evaziga ishonchli g‘alabaga erishdi. Ushbu natijadan so‘ng, “Intern” ochkolarini 82 taga yetkazib, ikkinchi o‘rindagi “Napoli”dan (70 ochko) 12 ochko oldinlab ketdi. “Parma” esa 42 ochko bilan 12-o‘rinda qolmoqda. Mazkur chempionlik “Intern” uchun klub tarixidagi 21-A Seriya g‘alabasi bo‘ldi. Bu borada faqat “Yuventus”(36 marta) “neradzurilar”dan oldinda turibdi. Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Italiya chempionligini “Napoli” jamoasi qo‘lga kiritgan edi.

    Boshqa yangiliklar