AsosiyJamiyat

Buxoroda fuqaro mashinadan tanasini chiqarib doira chaldi (video)

Doira chalgan fuqaro va haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.

'Buxoroda fuqaro mashinadan tanasini chiqarib doira chaldi (video)'ning rasmi

Buxoroda mashinadan tanasini chiqarib doira chalgan fuqaro va haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi. Holat yuzasidan Buxoro YHXB matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro Lacetti rusumli, 80Q717NA davlat raqam belgili avtomobil transport vositasining oynasidan tana qismini chiqarib, doira chalgan. Ushbu holat aks etgan video esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

"Lacetti mashinasi meni nomimda. 2 avgust to‘y edi. To‘yda doirachi mashinadan tana qismini chiqarishiga men o‘zim sharoit yaratib berdim. Qilgan ishimdan afsusdaman. Boshqa qaytarilmaydi", — dedi mashina haydovchisi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan holat o‘rganilib, avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda'ning rasmi

Jamiyat Bugun 14:38

Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda

Buvayda tumanida noqonuniy daraxt kesish holatini rasmiylashtirmoqchi bo'lgan ekologiya inspektori hokim o'rinbosari tomonidan zo'ravonlik bilan to'xtatilgani bildirildi.

'Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 13:51

Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi

Davlat rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifida ushbu maʼlumot haqida soʻz bordi.

'Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari bo‘yicha yangi tartib joriy etildi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 12:38

Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari bo‘yicha yangi tartib joriy etildi

Endilikda talabalardan talab qilinadigan dastlabki kontrakt to‘lovi yarmidan ikki baravarga qisqartirilib, to‘lovlar muddati yanada qulay tarzda qayta taqsimlandi.

'O‘zbekistonnning barcha masjidlarida yomg‘ir so‘rab “istiqso” namozi o‘qiladi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 12:34

O‘zbekistonnning barcha masjidlarida yomg‘ir so‘rab “istiqso” namozi o‘qiladi

Kuz faslida yog‘ingarchilik kuzatilmayotgani sababli Muftiy Nuriddin Holiqnazar tashabbusi bilan juma namozidan keyin butun mamlakat bo‘ylab yomg‘ir so‘rab duo va ikki rakat istisqo namozi ado etiladi.

''ning rasmi

Jamiyat Bugun 12:15

'Toshkentda ekologik vaziyat bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 12:07

Toshkentda ekologik vaziyat bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtda havo sifati yomonlashuvi fonida tezkor choralarni belgilovchi farmon imzoladi.