AsosiyDunyo

Yaponiya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrifini bekor qildi

9−12 avgust kunlari Fumio Kisida Markaziy Osiyo davlatlari sammitida ishtirok etishi kerak edi.

'Yaponiya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrifini bekor qildi'ning rasmi

Yaponiya bosh vaziri idorasi mamlakatda yuz bergan zilzila tufayli Markaziy Osiyoga amalga oshirilishi rejalashtirilgan davlat tashrifini bekor qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda yapon mahalliy nashrlariga tayanib, Reuters xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu mamlakatda kuchli zilzila va sunami sodir bo‘lishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish bilan bog‘liq. Kisida juma kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida safarning bekor qilinishini e’lon qildi. U Ostonada bo‘lib o‘tadigan Yaponiya hamda Markaziy Osiyo davlatlari sammitida ishtirok etishi kerak edi. Hozirda mamlakat rasmiylari safarni bekor qilish va unda muhokama qilinadigan mavzularni onlayn formatga o‘tkazish ustida ish olib borayotgani aytilgan.

8 avgust, payshanba kuni Yaponiya janubi-g‘arbidagi Miyazaki prefekturasida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. 

Yaponiya meteorologiya agentligi (JMA) ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari 30 km chuqurlikda qayd etilgan. Yaponiya hukumati shuningdek, Kochi va Miyazaki prefekturalarida sunami xavfi haqida ogohlantirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar