AsosiySport

To‘lqin Qilichev Olimpiadada ishtirok etgan o‘zbek bokschilarining muvaffaqiyat sirini ma’lum qildi

Fransiyada bo‘lib o‘tgan musobaqada O‘zbekiston boks federatsiyasi jahonda yetakchi bo‘ldi.

'To‘lqin Qilichev Olimpiadada ishtirok etgan o‘zbek bokschilarining muvaffaqiyat sirini ma’lum qildi'ning rasmi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev o‘z shogirdlarining Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki haqida fikr bildirdi.

“G‘alabalar siri nimada? Menimcha, bu hamjihatlikda. Biz kecha-yu kunduz, har kuni ishladik. Har bir sportchiga alohida murabbiy taklif qildik. Xato qilishga haqimiz yo‘q edi. Agar muvaffaqiyat ildiziga qarasak, e’tibor yuqoridan, prezidentdan bo‘ldi. Biz so‘ragan hamma narsani tayyorlab berishdi.

Men esa har bir murabbiy o‘z ishini bajarishi uchun reja tuzdim. Misol uchun, men kubalik murabbiyga maydondagi kechki mashg‘ulot uning ishi ekani, kardio murabbiyiga kunduzgi mashg‘ulotga u javob berishini aytdim. Har bir murabbiy chin yurakdan ishladi. Ular o‘z ishini yuqori saviyada bajardi. Men murabbiylarning har birini nazorat qildim.

Yigitlarga ham ishonchim komil edi: bizda o‘zbekcha mentalitet, urf-odatlar – hammasi saqlanib qolgan. Biz vatanimiz uchun, qarindoshlarimiz uchun, oilamiz uchun har narsaga tayyormiz. Yigitlar borini berishdi. Mashg‘ulotlardan o‘zim rohatlandim”, dedi Qilichev “Viktor Yalymovning boks studiyasi” Youtube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Olimpiadada o‘zbekistonlik bokschilar beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hasanboy Do‘stmatov (51 kilogrammgacha), Abdumalik Halokov (57), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (71), Lazizbek Mullajonov (92) va Bahodir Jalolov (92+) musobaqada shohsupaning eng yuqori o‘rnidan joy egalladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'FIFA Eron o'yinlarini AQShdan ko'chirish so'rovini rad etdi'ning rasmi

    Sport 12.04.2026 15:59

    FIFA Eron o'yinlarini AQShdan ko'chirish so'rovini rad etdi

    FIFA prezidenti Janni Infantino o‘yinlar qur’a bo‘yicha belgilangan maydonlarda o‘tkazilishini bildirdi.

    'Arsenalning mag'lubiyati Manchester City uchun chempionlik poygasini yanada qizitdi'ning rasmi

    Sport 11.04.2026 16:10

    Arsenalning mag'lubiyati Manchester City uchun chempionlik poygasini yanada qizitdi

    Arsenal o‘z maydonida Bournemouthga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

    '"Liverpul" FA Kubogidan chiqib ketdi'ning rasmi

    Sport 05.04.2026 12:41

    "Liverpul" FA Kubogidan chiqib ketdi

    Van Deyk muxlislaridan uzr soʻradi.

    'Sindorov Nomzodlar turnirida peshqadamlikni mustahkamlamoqda'ning rasmi

    Sport 04.04.2026 17:03

    Sindorov Nomzodlar turnirida peshqadamlikni mustahkamlamoqda

    Ushbu turnirda u dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri sanalgan Vey I ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

    'Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi'ning rasmi

    Sport 04.04.2026 07:32

    Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

    Gʻolib va sovrindorlar kubok, diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

    'Sindorov Karuanani yengib, Nomzodlar turnirida yakka peshqadamga aylandi'ning rasmi

    Sport 02.04.2026 02:39

    Sindorov Karuanani yengib, Nomzodlar turnirida yakka peshqadamga aylandi

    O‘zbekistonlik grossmeyster Sindorov Kiprda o‘tayotgan nufuzli musobaqaning 4-turida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.