Tashkilot rahbari Yens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, NATO-Ukraina kengashi yig‘ilishida jang maydonidagi voqealar va Kiyevning birinchi navbatdagi ehtiyojlari muhokama qilingan. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
“Bugun NATO ittifoqchilari Ukrainaga harbiy yordamni oshirayotganini tasdiqladilar”, — deya ta’kidladi Stoltenberg.
Alyans a’zolari, shuningdek, Rossiyaning Ukraina tinch aholisi va infratuzilma obyektlariga qarshi havo hujumlari kuchayganini keskin qoraladi.