AsosiyDunyo

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga ishga taklif etilmoqda

Viza olish soddalashtiriladi.

'O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga ishga taklif etilmoqda'ning rasmi

Kelgusida o‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga E-8 vizasi bo‘yicha ham ishga yuboriladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Koreya Adliya vazirligining immigratsiya departamenti rahbari Kim Jong Do boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi. Muloqotda Koreyada vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarni ushbu davlatga nafaqat E-9 (noprofessional), balki E-8 (mavsumiy) hamda E-7 (professional) vizalari asosida yuborish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi migratsiya jarayonlarini qonuniy va xavfsiz amalga oshirish, o‘zbekistonliklarning Koreyada noqonuniy mehnat faoliyatini olib borish holatlariga butkul barham berish yuzasidan kelishib olindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ukraina Rossiya gazi tranzitini to‘xtatadi'ning rasmi

    Dunyo 20.12.2024 22:40

    Ukraina Rossiya gazi tranzitini to‘xtatadi

    Ukraina 2025 yil 1 yanvar soat 7:00 dan boshlab, Rossiya gazini Yevropaga tranzit qilishni to‘xtatadi, chunki bu vaqtda davlatlar o‘rtasidagi kelishuv muddati tugaydi.

    '“Ukraina urush yoki muzokara yo‘lini tanlashi kerak”'ning rasmi

    Dunyo 20.12.2024 21:50

    “Ukraina urush yoki muzokara yo‘lini tanlashi kerak”

    AQSH Davlat kotibi Ukrainadagi vaziyat haqida gapirdi.

    'Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi'ning rasmi

    Dunyo 20.12.2024 11:03

    Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Duyshonkul Chotonov avval deputat, vazir va Koreyadagi elchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    'Korrupsiya Xitoy armiyasini modernizatsiya qilish maqsadlariga to‘sqinlik qilgan bo‘lishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 19.12.2024 21:03

    Korrupsiya Xitoy armiyasini modernizatsiya qilish maqsadlariga to‘sqinlik qilgan bo‘lishi mumkin

    O‘tgan oy Mudofaa vazirligi yuqori martabali harbiy amaldor lavozimidan chetlashtirilgan va "intizomni jiddiy buzganlik" uchun tergovga tortgan. .

    'Ugandada yangi virus epidemiyasi avj olmoqda'ning rasmi

    Dunyo 19.12.2024 17:28

    Ugandada yangi virus epidemiyasi avj olmoqda

    Sirli kasallik tufayli bemorlar o‘z harakatlarini nazorat qila olmay, xuddi raqs tushganga o‘xshab qaltiray boshlaydi.

    'Rossiya gazining Yevroittifoqdagi ulushi yana oshmoqda'ning rasmi

    Dunyo 19.12.2024 16:52

    Rossiya gazining Yevroittifoqdagi ulushi yana oshmoqda

    Bu borada mamlakat uchinchi o‘rinda turibdi.