Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan vatanga qaytish vaqtida ishonchsiz avtotransport vositalari va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslikni so‘radi.
Agentlik avtohalokatlarning asosiy qismi nosoz avtomobil yoki tajribaga ega bo‘lmagan haydovchilar tufayli sodir bo‘layotganini qayd etdi.
"Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan hamda katta trassalarda harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, ishonchli avtotransport vositasi va haydovchilar xizmatidan foydalanishingiz tavsiya etiladi",— deyiladi xabarda.