AsosiySiyosat

YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda

Shuningdek, skuter, individual harakatlanish vositalari yordamida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

'YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda'ning rasmi

10 centyabr kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida "O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Qonun Qonunchilik palatasida 16 iyul kuni qabul qilingandi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan huquqbuzarliklar haqida o‘z vaqtida fuqaroni xabardor etish va chora ko‘rish bilan bog‘liq yangi norma kiritilmoqda.

Bunda yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yuborilishi, aks holda haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilmasligi belgilanmoqda.

Muhokama qilingan qonun orqali amaliyotga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga asosan tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinmoqda.

Shuningdek, skuter, individual harakatlanish vositalari yordamida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun, jumladan skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boshqarish, shuningdek individual harakatlanish vositalari va skuterlarning haydovchilari tomonidan odamlarni tashiganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Qonun bilan yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmatni o‘tash vaqtida yo‘l harakati qoidabuzarligini aniqlagan taqdirda qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llashi mumkinligini nazarda tutuvchi vakolati bekor qilinmoqda.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar