AsosiySport

"Paralimpiya o‘yinlari – bu chinakam iroda, jasorat va matonat, ezgulik va gumanizm namoyishi"

Prezident Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

'"Paralimpiya o‘yinlari – bu chinakam iroda, jasorat va matonat, ezgulik va gumanizm namoyishi"'ning rasmi

Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqida Prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.

“Siz, aziz sportchilar Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan 17-yozgi Paralimpiya o‘yinlarida rekord natijalarga erishib, mamlakatimizga mana shunday bayram ruhini olib keldingiz.

Barchangizni olamshumul yutuq va natijalaringiz bilan o‘z nomimdan, el-yurtimiz nomidan chin yurakdan samimiy tabriklayman”,  - dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Ushbu xalqaro sport anjumanida dunyoning 168 ta davlatidan 4 ming 400 ga yaqin eng kuchli va mahoratli sportchilar ishtirok etgani uning nufuzi va miqyosi naqadar ulkan ekanidan dalolat beradi. 

“Shu ma’noda, Paralimpiya o‘yinlari – bu chinakam iroda, jasorat va matonat, ezgulik va gumanizm namoyishi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Siz, azmu shijoatli farzandlarimiz g‘oyat keskin bellashuvlarda yuksak marralarni egallab, musobaqalarning haqiqiy qahramonlariga aylandingiz”,  - dedi Prezident.

O‘zbekiston jamoasi 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza – jami 26 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 13-o‘rinni, Osiyo qit’asida 3-o‘rinni, turkiy va islom mamlakatlari hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagani ta’kidlandi.

Paralimpiya o‘yinlarida bunday rekord natija ilgari hech qachon bo‘lmagani qayd etildi.

“Bu – sizlarning tinimsiz mehnatingiz, bukilmas irodangiz, iste’dod va mahoratingiz samarasidir. Bu – yurtimizda inson qadrini amalda ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarimiz natijasidir.

O‘z Vatanini jonu dili bilan sevadigan, metin irodali, yuragida o‘ti bor insonlargina shunday ulug‘ ishlarga qodir bo‘ladi.

Xalqimiz sizlar bilan cheksiz faxrlanadi. Katta rahmat sizlarga!”,  - dedi davlatimiz rahbari.

Tokio Paralimpiya o‘yinlaridan so‘ng keyingi safar albatta kuchli “o‘n beshtalikka” kiramiz, deb ezgu niyat qilingan edi.

O‘tgan yillar davomida shu maqsad yo‘lida tinimsiz mehnat qilindi. Sportchilarimiz uchun barcha zarur sharoitlar yaratilib, yuksak marralar uchun puxta zamin tayyorlandi.

Natijada O‘zbekiston bu yilgi Paralimpiya o‘yinlarida birinchi marta eng ko‘p tarkib bilan, ya’ni 9 ta sport turi bo‘yicha 65 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.

Ayniqsa, para velosport bo‘yicha vakillarimiz ushbu musobaqalarda ilk bor qatnashganini alohida e’tirof etish lozim.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Sport Bugun 09:19

    'Oʻzbekiston delegatsiyasi qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etdi'ning rasmi

    Sport Bugun 05:09

    Oʻzbekiston delegatsiyasi qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etdi

    Oʻzbekiston delegatsiyasi ushbu nufuzli musobaqa uchun jami 4 ta Olimpiya yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

    ''ning rasmi

    Sport 06.02.2026 11:28

    'Tyer Shtegen tizzasidan operatsiya qilindi'ning rasmi

    Sport 05.02.2026 14:42

    Tyer Shtegen tizzasidan operatsiya qilindi

    "Jirona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohati sababli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.

    'N'Golo Kantening "Fenerbahche"ga transferi barbod bo'ldi'ning rasmi

    Sport 03.02.2026 13:52

    N'Golo Kantening "Fenerbahche"ga transferi barbod bo'ldi

    Turkiyaning "Fenerbahche" klubi Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi tomonidan hujjatlardagi xatolar sababli jahon chempioni N'Golo Kanteni transfer qila olmaganini ma'lum qildi.

    'Oʻzbekiston Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi'ning rasmi

    Sport 03.02.2026 08:39

    Oʻzbekiston Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi

    Futzalchilar chorak finalda Eronga mag'lub bo'ldi.