AsosiyDunyo

Turkiyadagi fabrikada sodir bo‘lgan portlashda 30 ga yaqin odam jarohatlandi

Jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma’lum qilindi.

'Turkiyadagi fabrikada sodir bo‘lgan portlashda 30 ga yaqin odam jarohatlandi'ning rasmi

Kecha, 15 sentyabr kuni Sakaryaning Hendek tumanida joylashgan Oba makaron fabrikasida texnogen avariya natijasida portlash sodir bo‘lib,  yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar qilmoqda.

 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash yem siloslari joylashgan hududda boshlangan. Fabrikada ishlagan 27 nafar ishchi jarohatlanib, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

Voqea yuzasidan Hendek tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv boshlangan. Mazkur fojiada jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmagan.

    Boshqa yangiliklar