❗️Trampga navbatdagi suiqasdga urinish sodir bo‘ld, deya xabar tarqatdi mahalliy OAV.
Ma’lum bo‘lishicha, otishma Tramp golf klubidan chiqib ketayotgan paytda sodir bo‘lgan. Nishonga olganlar ikki kishi bo‘lgani aytilmoqda.
“Tramp sog‘-salomat, hozir xavfsizlikda”, dedi Tramp matbuot kotibi.
Hozirda AQSH Federal qidiruv byurosi Trampga suiqasd sifatida baholangan hodisani tekshirmoqda
Amerika ommaviy axborot vositalari suiqasd qilgan shaxs bu 58 yoshli Rayan Uesli Raut ekani haqida xabar qilmoqda.
Raut optik nishon va Kalashnikov avtomati bilan qurollangan bo‘lgan.