AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi

Prezident u yerda "Markaziy Osiyo – Germaniya" sammitida ishtirok etadi.

'Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 17 sentyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sammitda mintaqa mamlakatlarining Germaniya bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, "Markaziy Osiyo – Germaniya" formatidagi birinchi sammit o‘tgan yilning 29 sentyabr kuni Berlin shahrida o‘tkazilgan edi.

    Boshqa yangiliklar