AsosiySiyosat

Malaka sertifikati olmaganlar xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatishi taqiqlanadi

“Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi.

'Malaka sertifikati olmaganlar xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatishi taqiqlanadi'ning rasmi

Senatning 20 sentyabrdagi yalpi majlisida “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

O‘zbekistonda hozirgi kunda psixologiya yo‘nalishida maslahat berish, onlayn va oflayn formatda o‘quv, trening, seminarlar o‘tkazish orqali xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati keng tarqalgan. Qonun bilan aholiga psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy prinsiplari, vazifalari, turlari, shakllari hamda standartlari belgilanmoqda.

Qonunda psixologik yordam ko‘rsatish standartlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi hamda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs rahbari psixologiya sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerakliginazarda tutilmoqda.

Psixologik yordam ko‘rsatish sohasi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash, bepul psixologik yordam ko‘rsatiladigan shaxslar toifalarini aniqlashtirish, aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi professional uyushmalari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish ko‘zda tutilyapti.

Shuningdek, psixologiya yo‘nalishidan boshqa oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishdan avval psixologiya mutaxassisligi uchun qayta tayyorlovdan o‘tishi kerakligibelgilanmoqda.

Xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanishga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi professional uyushma tomonidan belgilangan tartibda malaka sertifikati berilgan psixologlarga ruxsat etiladi. 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik uchun javobgarlikninazarda tutuvchi qo‘shimcha normalar bilan to‘ldirilmoqda.

Yalpi majlisda qayd etilishicha, mazkur qonunning qabul qilinishi aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasining huquqiy asoslarini yaratilishi, fuqarolarning psixologik yordam olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, xususiy tarzda amaliyot olib borayotgan psixologlar faoliyatini qonuniy amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Siyosat 18.09.2025 22:39

    'Saida Mirziyoyeva JST rahbari bilan xalqaro hamkorlik va islohotlar haqida gaplashdi'ning rasmi

    Siyosat 18.09.2025 14:26

    Saida Mirziyoyeva JST rahbari bilan xalqaro hamkorlik va islohotlar haqida gaplashdi

    Mirziyoyeva JST rahbariqa doimiy qoʻllab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirdi.

    'Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidentini qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 17.09.2025 17:14

    Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidentini qabul qildi

    Shuningdek, uchrashuvda bank Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni kelgusi yilda O‘zbekistonda muhokama qilindi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 17.09.2025 13:01

    ''ning rasmi

    Siyosat 17.09.2025 11:48

    ''ning rasmi

    Siyosat 17.09.2025 11:39