AsosiySport

Hindiston shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston bilan o‘ynab, ochko yo‘qotdi

Olimpiada chempionligi uchun kurash so‘nggi turgacha davom etadi.

'Hindiston shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston bilan o‘ynab, ochko yo‘qotdi'ning rasmi

Shaxmat Olimpiadasining 9-turida dastlabki ikki pog‘onani egallab turgan Hindiston va O‘zbekiston grossmeysterlari o‘zaro kuch sinashdi.

Olimpiadaning eng murosasiz bahsida to‘rtala partiya ham durang bilan yakunlandi. Nodirbek Abdusattorov – Gukesh, Jivohir Sindorov – Pragnanandxa, Shamsiddin Vohidov – Arjun Erigaisi, Jahongir Vohidov – Santosh Gujratxi Vidit bellashuvida kuchlar teng keldi. Umumiy hisob – 2:2 ko‘rinishiga keldi.

Ta’kidlash joizki, Hindiston terma jamoasi bungacha sakkizta uchrashuvda g‘alabali yurishini davom ettirib kelayotgan edi. Birinchi o‘rinni egallab turgan hindlar Marokash va  Islandiyani 4:0, Vengriyaning ikkinchi tarkibi va Serbiyani 3,5:0,5,  Ozarbayjon, Eron va Vengriyaning birinchi tarkibini 3:1,  Xitoyni 2,5: 1,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

O‘zbekiston terma jamoasi grossmeysterlari esa, Trinidad va Tobago, Misr, Xorvatiya, Moldova, Isroil, Ukraina, Serbiya shaxmatchilarini yengib, birgina Vetnamga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ygandi.  

Endi O‘zbekiston terma jamoasi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi g‘olib chiqishi uchun qolgan turlarda hindlarning mag‘lubiyatini kutishiga to‘g‘ri keladi.

    Boshqa yangiliklar