AsosiyDunyo

Ukrainaning Kurskka hujumida qancha aholi halok bo‘lgani ochiqlandi

Hujum chog‘ida 56 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

'Ukrainaning Kurskka hujumida qancha aholi halok bo‘lgani ochiqlandi'ning rasmi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainaning Kursk viloyatidagi hujumi oqibatida kamida 56 tinch aholi halok bo‘lgan va 266 kishi yaralanganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Bu ma’lumotlar 20 sentyabrgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi va 5 sentyabr holatiga ko‘ra, Rossiya tashqi ishlar vazirligi Kursk viloyatida 31 nafar tinch aholi halok bo‘lganini e’lon qilgandi.

Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, 131 ming aholi jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarni tark etgan. Moskva, shuningdek, Ukrainani bir qator tinch aholi, jumladan, Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan Sudja shahrining taxminan 70-120 nafar aholisini evakuatsiya qilishga to‘sqinlik qilganlikda aybladi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Georgiy Tixiy bu bayonotlarga izoh berish so‘roviga javoban Reuters agentligiga Ukraina qurolli kuchlari xalqaro gumanitar qonunlarga amal qilishini va tinch aholiga zarba bermasligini aytdi.

"Rossiya doimiy ravishda yolg‘on raqamlar va targ‘ibotlarni taqdim etar ekan, bu da’volarni tekshirishning iloji yo‘q", dedi Tixi. "Agar Rossiya haqiqiy vaziyatni ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, BMT va Qizil Xochga kirishga ruxsat berishi mumkin".

Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumi avgust oyida boshlangandi.

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    DunyoBugun 15:02

    ''ning rasmi

    DunyoBugun 12:38

    'Zelenskiy Germaniya kansleri bilan uchrashdi'ning rasmi

    DunyoBugun 11:54

    Zelenskiy Germaniya kansleri bilan uchrashdi

    “Ikkinchi tinchlik sammitiga tayyorgarlik ko‘rayapmiz”, - dedi Ukraina prezidenti.

    'Rossiya Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi'ning rasmi

    Dunyo23.09.2024 18:30

    Rossiya Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi

    Rossiya Ukraina o‘tkazmoqchi bo‘lgan ikkinchi tinchlik sammitida ishtirok etmaydi.

    'Qozog‘istonda qor yog‘ib, harorat keskin sovishi kutilmoqda'ning rasmi

    Dunyo23.09.2024 18:12

    Qozog‘istonda qor yog‘ib, harorat keskin sovishi kutilmoqda

    Qo‘shni respublikada havo harorati 7 darajagacha tushib ketishi prognoz qilindi.

    'Rossiyaning qarshiliklariga qaramay BMTni isloh qilish rejasi qabul qilindi'ning rasmi

    Dunyo23.09.2024 13:53

    Rossiyaning qarshiliklariga qaramay BMTni isloh qilish rejasi qabul qilindi

    Nyu-Yorkdagi sammitda Germaniya yetakchiligida ishlab chiqilgan “Kelajak shartnomasi” tasdiqlandi.