AsosiyJamiyat

1 oktyabrdan boshlab aliment to‘lovlari qanchaga oshadi?

MIB bu haqda batafsil ma’lumot berdi.

'1 oktyabrdan boshlab aliment to‘lovlari qanchaga oshadi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “2024 yilning 1 oktyabr sanasidan boshlab aliment to‘lovlari 10-15% ga oshadi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

MIB mas’ullarining darakchi.uz ga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 avgustdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga, 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori esa – 10 foizga oshirildi.

Shu bilan birga, 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ham 10 foizga oshirilib – 1 155 000 so‘m etib belgilandi.

Yuqoridagilarga asosan, 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab

  • aliment undiruvi qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga;
  • 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab aliment undiruvi qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga;
  • 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab aliment undiruvi xususiy sektor va budjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori esa 10 foizga oshadi.

Bundan tashqari, 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab yurtimizda ish haqi miqdorining 10 foizga oshishi o‘z navbatida Statistika agentligi tomonidan e’lon qilib boriladigan respublikadagi o‘rtacha oylik
ish haqi miqdoriga ta’sir ko‘rsatib, ishsiz aliment to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan aliment miqdori ham o‘rtacha 10 foizga oshishini anglatadi.

Ma’lumot uchun, agar aliment to‘lovchi shaxs ishlamaydigan bo‘lsa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pulli qilish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

    JamiyatBugun 17:24

    Toshkentdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pulli qilish rejalashtirilmoqda

    Avtomobil yo‘lining ma’lum qismi asfalt-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilinadi.

    ''ning rasmi

    JamiyatBugun 16:18

    ''ning rasmi

    JamiyatBugun 16:05

    ''ning rasmi

    JamiyatBugun 15:50

    ''ning rasmi

    JamiyatBugun 15:47

    ''ning rasmi

    JamiyatBugun 13:42