AsosiyDunyo

Zaxarova Toshkentdagi maktabda o‘quvchining kaltaklanganiga huquqiy baho berilishini so‘radi

Rossiya TIV vakili vaziyat nazoratda ekanini aytgan.

'Zaxarova Toshkentdagi maktabda o‘quvchining kaltaklanganiga huquqiy baho berilishini so‘radi'ning rasmi

Rossiya Tashqi ishlar vakili  O‘zbekistonning Toshkentdagi maktabda rus-tili darsida  bo‘lgan hodisaga huquqiy baho berishni va aybdorga qarshi choralar ko‘rishni so‘radi. Bu haqda Rossiya OAVsida xabarlar tarqaldi.

"Ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan do‘stona munosabatlarda hech qanday adovatga, ayniqsa, til masalasida o‘rin yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas", - degan Mariya Zaxarova.

Shuningdek, Zaxarova vaziyat Rossiya tomonidan nazoratda ekanini aytgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar