Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova O‘zbekistondagi maktabda rus-tili darsida bo‘lgan hodisaga huquqiy baho berishni va aybdorga qarshi choralar ko‘rishni so‘ragan edi.
"Milliy tiklanish" demkoratik partiyasi lideri Alisher Qodirov Mariya Zaxarovaning ushbu chiqishiga munosabatini bildirdi.
Partiya rahbari O‘zbekistonning "ichki ishlari haqida bosh qotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishlari"ni tavsiya qildi.
"Bola huquqi O‘zbekiston Respublikasining maktabida, O‘zbekiston fuqarosining bolasiga nisbatan buzildi va chorasi O‘zbekiston xalqi nomidan qabul qilingan qonunlar asosida ko‘riladi!
Bizni ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lar edi.
Tekis joyda to‘palondan foyda chiqmasligini tushunib yetishdi degan xulosaga ertaroq shekilli", – deydi Alisher Qodirov.