Ishikava prefekturasining Noto hududida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Avvalroq tabiiy ofat oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Yana 12 kishi turli tan jarohatlari olgan.
Tabiiy ofat ko‘proq Noto qishlog‘i, Vajima va Suzu shaharlariga zarar yetkazgan. Joriy yilning 1 yanvarida sodir bo‘lgan zilzila vaqtida ham ushbu aholi punktlari eng ko‘p jabr ko‘rgandi.
Yog‘ingarchilik tufayli Ishikava prefekturasining aholi punktlarida 131,4 ming kishi evakuatsiya qilingan.