AsosiyJamiyat

Germaniya o‘z fuqarolarini Livandan evakuatsiya qilmoqda

Hozirda Livanda 1800 ga yaqin nemis qolgani aytilmoqda.

'Germaniya o‘z fuqarolarini Livandan evakuatsiya qilmoqda'ning rasmi

Germaniya qurolli kuchlari — Bundesver — "Hizbulloh" harakati nishonlariga Isroil havo hujumlari davom etayotgani munosabati bilan Germaniya fuqarolarini Livandan evakuatsiya qilish uchun transport samolyotini yubordi. Bu haqda 30 sentyabr, dushanba kuni mamlakat Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Livanda bo‘lishi shart bo‘lmagan Germaniya elchixonasi xodimlari, diplomatlarning qarindoshlari, shuningdek, tibbiy sabablarga ko‘ra alohida xavf ostida bo‘lgan Germaniya fuqarolari Bayrutdan Berlinga olib ketiladi. Germaniyaga uchgan samolyot bortida jami 110 kishi bor, deya xabar beradi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi.

Ushbu vazirlikning rasmiy vakiliga ko‘ra, hozirda Livanda 1800 ga yaqin Germaniya fuqarosi qolmoqda. Yaqin Sharqdagi vaziyat yomonlashgani sababli Berlindagi hukumat o‘tgan yilning oktyabr oyidan beri vatandoshlarini Livanni tark etishga chaqirib keladi.

Isroil mudofaa kuchlari va "Hizbulloh" jangchilari o‘rtasidagi shiddatli janglar tufayli Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Bayrut, Tel-Aviv va G‘arbiy sohildagi Ramallah shahridagi elchixonalariga tahdid darajasini oshirib, bir qator fuqarolarni "diplomatik evakuatsiya" qilishni boshladi. Shu bilan birga, elchixonalar o‘z faoliyatini davom ettiradi, deya ta’kidladi Germaniya rasmiylari.

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda 2 nafar bolali uy xo‘jaliklar eng ko‘p ulushni tashkil etadi'ning rasmi

    Jamiyat01.10.2024 21:22

    O‘zbekistonda 2 nafar bolali uy xo‘jaliklar eng ko‘p ulushni tashkil etadi

    Ko‘rsatkich 2022 yilda 26,3 foizni, 2023 yilda esa 26,7 foizni tashkil etgan.

    'O‘zbekistonga olib kirilayotgan pnevmatik qurollar va 2,7 ming dona o‘q to‘xtatib qolindi'ning rasmi

    Jamiyat01.10.2024 21:12

    O‘zbekistonga olib kirilayotgan pnevmatik qurollar va 2,7 ming dona o‘q to‘xtatib qolindi

    Transport vositasining old tomonidagi o‘rindiq orasiga vazni salkam 3 kg bo‘lgan ov miltig‘i o‘qining kapsulalarini xufiyona tarzda yashirib olib o‘tishga urinish holatlari fosh etildi.

    'O‘zbekiston Latviya bilan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida hamkorlikni kengaytiradi'ning rasmi

    Jamiyat01.10.2024 19:27

    O‘zbekiston Latviya bilan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida hamkorlikni kengaytiradi

    Yoshlar jinoyatchiligini oldini olish, IT-sohada jinoyatchilikka qarshi kurashish, iqtisodiy jinoyatlar va ekspertiza kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishning muhimligi qayd etildi.

    'Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda farmatsevtika zavodini quradi'ning rasmi

    Jamiyat01.10.2024 16:21

    Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda farmatsevtika zavodini quradi

    Kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan 30 turdagi dori vositalarini O‘zbekiston hududida ro‘yxatga olish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

    'Qibrayda harakatlanib ketayotgan "Jiguli" yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat01.10.2024 15:44

    Qibrayda harakatlanib ketayotgan "Jiguli" yonib ketdi

    Haydovchi avtomobildan tushib qolgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat30.09.2024 20:52