AsosiyDunyo

Isroil Bosh vaziri: “Kim bizga hujum qilsa, biz ham unga hujum qilamiz”

Eronning Isroilga qarshi hujumlari nihoyasiga yetdi.

'Isroil Bosh vaziri: “Kim bizga hujum qilsa, biz ham unga hujum qilamiz”'ning rasmi

Kecha, 1 oktyabr kuni Eron Isroilga raketa hujumlarini amalga oshirdi. Binyamin Netanyahu Eronning Isroilga hujumi haqida fikr bildirdi.

"Bugun Eron katta xatoga yo‘l qo‘ydi va buning uchun katta tovon to‘laydi. Erondagi rejim o‘zimizni himoya qilish va dushmanlarimizdan o‘ch olishga bo‘lgan qat’iyatimizni tushunmayapti. Buni Sinvar va Daf tushunmadi, Nasrulloh bilan Mohsen tushunmadi, aftidan Tehronda ham tushunmaydiganlar bor. Hechqisi yo‘q, ular ham tushunib olishadi. Biz o‘zimiz o‘rnatgan qoidamizga amal qilamiz: kim bizga hujum qilsa, biz ham unga hujum qilamiz", dedi Isroil Bosh vaziri.

O‘z o‘rnida Eron ham Isroilni hujum qilishdan ogohlantirdi. 

"Eronning Isroilga qarshi harakati nihoyasiga yetdi, agar Isroil provokatsion harakatlar qilsa, bizning javobimiz yanada kuchliroq bo‘ladi", dedi Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi

    Boshqa yangiliklar