AsosiySalomatlik

JSST tuberkulyozni aniqlash va davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi

Qayd etilishicha, OIV tashxisi qo‘yilgan bemorlar, homilador ayollar, tuberkulyozga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan odamlar, tibbiyot xodimlari, mahbuslar, mazkur kasallik keng tarqalgan malakatlardan kelgan muhojirlar hamda giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi kishilar yuqori xavf guruhiga mansub, deb hisoblanadi.

'JSST tuberkulyozni aniqlash va davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi'ning rasmi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sil kasalligini erta bosqichda aniqlash va zamonaviy muolaja usullari yordamida samarali davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, OIV tashxisi qo‘yilgan bemorlar, homilador ayollar, tuberkulyozga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan odamlar, tibbiyot xodimlari, mahbuslar, mazkur kasallik keng tarqalgan malakatlardan kelgan muhojirlar hamda giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi kishilar yuqori xavf guruhiga mansub, deb hisoblanadi. 

Ana shu qatlam sil kasalligini aniqlash bo‘yicha tegishli tekshiruvlardan o‘tib turishi va tuberkulyozga qarshi profilaktik davolanish kursini olishi lozim. 

Shuningdek, JSST ko‘rsatmalarida yuqori texnologik diagnostika texnologiyalari cheklangan hududlar va sharoitda simptomlarga ko‘ra tashxislash usullari asosiy element bo‘lib qolmoqda.

Shunga qaramay, tashkilot bemorlar guruhi va mavjud resurslarga ko‘ra, ko‘krak qafasi rentgenografiyasi hamda molekular diagnostika kabi ilg‘or tekshiruv usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi. 

Latent (yashirin) tuberkulyozni aniqlash uchun esa tuberkulin teri sinamalari (TST) yoki interferon-γ (IGRA)  tahlilini qo‘llashni tavsiya qiladi.

O‘z navbatida, ilg‘or tashxislash usuli — bolalar va immuniteti zaif odamlarda infeksiyani aniqlashda samarali bo‘lgan Mycobacterium tuberculosis (TBST) antigeniga asoslangan teri sinamlari ham keltirib o‘tiladi. 

Yangi ko‘rsatmaning o‘ziga xos jihati, unga qisqa muddatli profilaktik davolash kurslarining kiritilishi bo‘ldi. Chunki 6 yoki 9 oy davomida har kuni izoniazid preparatini qabul qilish uzoq yillar standart profilaktik muolaja kursi bo‘lib keldi. 

Ushbu sxema amaliyotda yaxshi natija berib kelayotgan bo‘lsa-da, davomiylik uzoqligi ko‘p hollarda bemorlar uchun qiyinchilik tug‘dirayotgani sir emas. Shu sababli JSST quyidagi muqobil davolanish kurslarini taklif qiladi. Xususan: 

  •  3 oy davomida haftalik rifapentin va izoniazid kursi (3HP);
  • 4 oy davomida kunlik rifampitsin kursi;
  •  1 oy davomida kunlik rifapentin va izoniazid kombinatsion kursi (1HP). 
  • Tuberkulyozning ko‘p miqdordagi dori-darmonlarga yoki rifampitsinga chidamli turiga moyil kishilar uchun 6 oy mobaynida har kuni levofloksatsin qabul qilish tavsiya etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yangi yil dasturxoni: To‘g‘ri ovqatlanishni unutmang'ning rasmi

    Salomatlik 30.12.2024 21:37

    Yangi yil dasturxoni: To‘g‘ri ovqatlanishni unutmang

    Mutaxassislardan bayram kuni to‘g‘ri ovqatlanish uchun tavsiyalar.

    'Bolalarda bo‘y o‘smasligiga qanday omillar sabab bo‘ladi?'ning rasmi

    Salomatlik 20.12.2024 22:32

    Bolalarda bo‘y o‘smasligiga qanday omillar sabab bo‘ladi?

    Laron sindromi — kam uchraydigan genetik kasallik. Bunda o‘sish gormoni retseptor-oqsilining tuzilishi buzilgan bo‘ladi.

    'Kimlar dorilarni bepul olishi mumkin?'ning rasmi

    Salomatlik 20.12.2024 20:23

    Kimlar dorilarni bepul olishi mumkin?

    Surunkali kasalliklarga chalingan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar oilaviy shifokor elektron retsepti asosida bepul dori vositalarini olish huquqiga ega.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 17.12.2024 18:41

    'Bolalarda xavfli o‘sma kasalliklar rivojlanayotganini qanday bilish mumkin?'ning rasmi

    Salomatlik 11.12.2024 17:56

    Bolalarda xavfli o‘sma kasalliklar rivojlanayotganini qanday bilish mumkin?

    So‘nggi paytlarda global iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat va ichimlik suvi tarkibida sun’iy qo‘shimchalarning ko‘payishi hamda yashash hududlarida kanserogen moddalarning tarqalishi tufayli bu kasallik nafaqat katta yoshli insonlar, balki bolalar orasida ham ko‘p uchramoqda.

    'JSST tuberkulyozni tezkor aniqlashga mo‘ljallangan yangi diagnostika usulini tasdiqladi'ning rasmi

    Salomatlik 09.12.2024 12:31

    JSST tuberkulyozni tezkor aniqlashga mo‘ljallangan yangi diagnostika usulini tasdiqladi

    Tibbiy test natijalari bir necha soat ichida ma’lum bo‘ladi.