Rossiya hukumati "Tolibon"ni terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqaradi va bu haqida tez orada e’lon qilinadi.
"Tolibon"ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish qarori eng yuqori darajada qabul qilingan, biroq qonuniy tartib-qoidalarga rioya qilish lozim", – deydi Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zamir Kabulov.
Kabulov avvalroq "Tolibon"ni Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish jarayonlari muvaffaqiyatli davom etayotganini yozgandi.