Bugun, 7 oktyabr HAMAS va Isroilga urushiga bir yil to‘ldi.
Shu munosabati bilan BMT Bosh kotibi Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatishga chaqirdi.
"Bu kunda jahon hamjamiyati HAMASning jirkanch harakatlarini, jumladan, odamlarni garovga olishni imkon qadar keskin qoralashi kerak", dedi Antonio Guterrish bugungi videomurojaatida. U HAMAS guruhini Qizil Xoch vakillariga garovga olinganlarni ko‘rishga ruxsat berishga chaqirdi.
"Garovga olinganlarni ozod qilish vaqti keldi. Qurollarni tushirish vaqti keldi. Hududni qamrab olgan azob-uqubatlarga chek qo‘yish vaqti keldi. Mintaqada tinchlik, xalqaro huquq va adolatni tiklash vaqti keldi”, dedi BMT Bosh kotibi.
Guterrish, shuningdek, Isroil bilan harbiy mojaro “insonlarning hayotiga zomin bo‘layotganini va G‘azo sektoridagi falastinliklarga, shuningdek, Livan xalqiga chuqur insoniy azob-uqubatlar keltirayotganidan” xavotir bildirdi.