AsosiyDunyo

Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi

Dastlabki natijalar e’lon qilindi.

'Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

Qozog‘istonda mamlakatda AES qurilishi masalasida referendum bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev va bosh vaziri Oljas Bektenov ham o‘z ovozlarini berishdi. 

Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 20:00 gacha davom etgan.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, Qozog‘istonda 71,12% saylovchi AES qurish qarorini ma’qullagan, 28,88% saylovchi esa stansiya qurilishiga qarshi bo‘lgan.

AES bo‘yicha umumxalq referendumida saylovchilarning 62,66 foizi – 5,5 mln kishi ovoz bergan.

    Boshqa yangiliklar