AsosiyJamiyat

Farg‘onada kelin 47 mln so‘mlik sepini MIB orqali qaytarib oldi

To‘ydan 7 kun o‘tib kelishmovchilik sababli qurilgan nikoh buzilgan.

'Farg‘onada kelin 47 mln so‘mlik sepini MIB orqali qaytarib oldi'ning rasmi

Joriy yil avgustda Farg‘ona viloyatida qurilgan nikoh hech qancha o‘tmay kelishmovchilik sababli buzilgan. Kelin kuyovdan sepini qaytarishni talab qilib, sudga murojaat qilgan. Bu haqda MIB xabar berdi.

Kelin MIB orqali eridan 60 turga yaqin 47 mln so‘mlik mulklarini qaytarib olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, kelin-kuyov to‘ydan keyin 7 kun birga yashagan.

Kuyovning ota-onasi kelin tomon bilan gaplashganida, kelin kuyov bilan boshqa yashamasligini aytgan. Yarashtirish ish bermagach, kelin tomon sepni olib ketishga borganda kuyov tomon qaytarmagan.

"Kuyovning ota-onasi kelin hech bir sababsiz uyga ketib qolgani, to‘y uchun 15 ming dollar pul sarflab qo‘yganini va kelin tomon uni qoplab berishi kerakligini aytib sepini o‘z xohishlari bilan qaytarib bermagan",- deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar