Isroil harbiy-havo kuchlari Eronning Suriyadagi elchixonasi yonida joylashgan binoga hujum uyushtirdi. Damashqning aholi zich joylashgan hududidagi turar-joy binosiga 3 ta raketa bilan zarba berilgan.
Ayni paytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil havo hujumi natijasida yetti nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Shuningdek, 11 kishi jarohatlangan. Qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilmoqda.
Al Hadath telekanaliga ko‘ra, zarba nishoni Erondan Livanga qurol-yarog‘ yetkazib berishni muvofiqlashtirgan Hizbullohning yuqori martabali vakili bo‘lgan.
Hozircha Isroil hujumga izoh bermadi.